mahorat darsi
Joriy yilning 6-mart kuni Qarshi tumani 7-son BMSMda teatr san’ati yo‘nalishi o‘qituvchisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Bekamtosh Beganchiyeva tomonidan o‘quvchilar uchun mahorat darsi tashkil etildi.
Mazkur mahorat darsida buyuk rus masalnavisi I.A. Krilovning “Echki bilan Eshakvoy va Sho‘x bir maymun” nomli mashhur masali sahna ijrosi va badiiy talqin asosida o‘rganildi. Dars jarayonida o‘quvchilarga asarning mazmun-mohiyati, obrazlarning xarakteri hamda sahna madaniyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Dars o‘quvchilarda teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Комментариев: 0
Добавить комментарий